Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil yakunlari va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
17.03.2026
Yig‘ilish davomida markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan 2025 yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Xususan:
🔹 klinik faoliyat natijalari va rivojlanish istiqbollari
🔹 xalqaro aloqalarni kengaytirish masalalari
🔹 ilmiy faoliyat yakunlari va kelgusi rejalar
🔹 uslubiy materiallar hamda tashkiliy masalalar
Mas’ul ma’ruzachilar tomonidan tegishli hisobotlar taqdim etilib, muhokamalar asosida muhim qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.