📞 +998 71 205-04-03 ✉️ info@lormarkaz.uz
uz ru en
Шрифт ҳажми

Klinik ordinatura

Mutaxassis shifokorlar uchun chuqur klinik tayyorgarlik bo'limi

Bo‘lim rahbarlari

Yusupova Sevara Rishatovna

Uslubchi

To'xtayev Murod Bakidjanovich

Uslubchi

Klinik ordinatura haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-avgustdagi PQ-255-son qarori 1-ilovasi “2023 — 2026 yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha” Chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Otorinolaringologiya” va “Yuz-jag‘ jarrohligi” ixtisosligi bo‘yicha klinik ordinatura tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 iyuldagi №238-sonli buyrug‘i va 2024 yil 31 iyuldagi 01-28/17133-sonli ko‘rsatma xati ijrosi asosida jami 14 nafar klinik ordinator qabul qilindi.

Hozirgi kunga kelib, Markazda maqsadli ravishda 11 nafar otorinolaringologiya, 3 nafar yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida klinik ordinatorlar o‘qimoqda. Klinik ordinatorlar uchun tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida ma’ruzalar, seminarlar va mustaqil ta’lim tashkil qilingan. Klinik ordinatorlar shug‘ullanishi uchun Markazda kutubxona tashkil qilingan bo‘lib, otorinolaringologiya va yuz-jag‘ jaroohligi bo‘yicha fan dasturiga mos ravishda adabiyotlar bilan ta’minlangan. Markaz zamonaviy LOR kombayn, endoskopik qurilmalar, mikroskop va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha amaliy ko‘nikmalarni bajarish uchun barcha sharoit mavjud.

Klinik ordinatorlar uchun qo‘shimcha ravishda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Ustozlar maktabi” tashkil qilingan bo‘lib, unda Respublikamizni va xorijni tibbiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan faxrli ustozlar ishtirokida doimiy ravishda anjumanlar tashkil qilinmoqda. Jumladan, 2024 yil noyabr va dekabr oylarida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professori, t.f.d., O‘zR Sog‘liqni saqlash a’lochisi, otorinolaringologiya sohasida bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi Xasanov Saidakrom Askarovich va ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkolog-shifokori, t.f.d., professor Xabibullaev Sharaf Zuxurovichlar tomonidan Markazda faoliyat yuritayotgan klinik ordinatorlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari magistr va ordinatorlari uchun ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tinglovchilar

IDF.I.O
ORD-001 Maxmudov Abduraxmon
ORD-002 Mirzazoda Humoyun
ORD-003 Xasanov Saidyaxyo
ORD-004 Rasulov Xamidullo
ORD-005 Zoxidov Farrux
ORD-006 Matqoziev Bobur
ORD-007 Boxodirov Jasurbek
ORD-008 Matsapaev Rovshan
ORD-009 Abdimurodov Toxirjon
ORD-010 Tojimurodov Adxamjon
ORD-011 Turdialiev Usmonjon
ORD-012 Bekmatov Bunyodbek
ORD-013 Daminov Faxridin
ORD-014 Jamoliddinova Oqila
ORD-015 Komilov Muxammadziyo
ORD-016 Oltibaev Ulug’bek
ORD-017 Raupov Sanjar
ORD-018 Raximov To’lqin
ORD-019 Raximov Shaxrux
ORD-020 Qadamova Shaydo
ORD-021 Sharipov Alisher
ORD-022 Yuldashev Doniyor
ORD-023 Musaev Begzod
ORD-024 Xusniddinov Qudrat
ORD-025 Xasanova Umida
ORD-026 Mavlonova Xumora
ORD-027 Abdullaxonov Abbos
ORD-028 Saidov Diyor
ORD-029 Xegay Arina