Quloq eshitish tizimi kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari yordamida tashxislash va davolash.
Quloq mikrojarrohlik bo‘limi eshitish a’zolari va o‘rta quloq kasalliklarini zamonaviy mikrojarrohlik usullari asosida davolashga ixtisoslashgan.
Bo‘limda yuqori aniqlikdagi operatsion mikroskoplar, endoskopik tizimlar va zamonaviy jarrohlik uskunalari mavjud.
Bo‘limda timpanoplastika, ossikuloplastika, stapedoplastika va boshqa murakkab quloq mikrojarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajariladi.